09.00 - 18.00 Dush - Shan
Toshkent shD.Obidova 7-a uy
Ishonch telefoni 71 262-15-37
Oʼquvchilarni qabul qilish, Maktab maʼmuriyati, oʼqituvchilar va psixologlar hamda Respublika Tashxis markazi va Davlat Test Markazi vakillari ishtirokida tuzilgan qabul komissiyasi tomonidan tanlov asosida amalga oshiriladi.
Oʼquvchilarni roʼyxatga olish ular ota-onasining arizasi, bolaning salomatligi toʼgʼrisida tibbiy komissiya xulosasi, qabul komissiyasining taʼlimiy va psixologik tashxisi asosida amalga oshiriladi.
Oʼquv vazifalarini oʼz vaqtida va sifatli bajarish, davlat taʼlim standartlari va qoʼshimcha taʼlim dasturlari doirasida bilimlarni, mahoratlarni va koʼnikmalarni egallash;
ichki oʼquv tartibi koidalariga qatʼiy amal qilish;
Maktabning mulkiga gʼamxoʼrlik bilan munosabatda boʼlish, uning oʼquv va moddiy-texnika negizini mustahkamlashda faol ishtirok etish;
umumaxloqiy tamoyillarga, maʼnaviy va sogʼlom turmush tarziga rioya qilish;
Maktabda oʼquvchilardan quyidagi kiyimda boʼlishlari talab etiladi:
oʼgʼil bolalar uchun — qora shim, oq koʼylak, galstuk;
qiz bolalar uchun — qora yubka, oq bluzka yoki kofta (qishki mavsumda qora klassik shimga ruxsat beriladi).
Maktabdagi oʼquv-tarbiyaviy ishlar quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
Oʼquv va tarbiyaviy metodikalarni tanlashda oʼquv muassasasining mustaqilligi, davlat taʼlim standartlari doirasida oʼquv-tarbiyaviy jarayonning metodik va didaktik taʼminlanishi;
taʼlim-tarbiya jarayonining demokratlashuvi;
taʼlim oluvchi shaxs manfaatlarining ustuvorligi, milliy va umuminsoniy qadiriyatlarning uzviy birlashuvi asosida shaxsning har tomonlama rivojlanishi uchun real sharoitlarni yaratish, yuqori madaniyatni, maʼnaviyatni, ijodiy fikrlashni shakllantirish.
Fizik-matematik yoʼnalish boʼyicha:
-tibbiyotchilar, psixologlar;
Ijtimoiy-iqtisodiy yoʼnalish boʼyicha:
-iqtisodchilar, ekskursovod, pedagogika.
Texnologik yoʼnalish boʼyicha:
-modelьer-konstruktor, oshpaz-kulinar.
Badiy-estetik yoʼnalish boʼyicha:
-sartarosh, rassom-dizayner, zardoʼzlik.
Ehtiyoj tugʼilganda, tegishli moddiy baza yaratilib boshqa profillar ochilishi mumkin;
Profilli mehnat taʼlimidan tashqari, sinflar, davlat komponenti fanlarini chuqurlashtirib oʼqitilishi boʼyicha ham jamlanishi mumkin.
Ko’rgazmali, ma’ruza, savol-javob, suhbat, tushuntirish
Ommaviy, jamoaviy, yakka tartibda
Texnik vositalardan foydalanishga va guruhlarda ishlashga mo’ljallangan auditoriya